“Eng namunali mahalla raisi” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Eng namunali mahalla raisi” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Unda tanlovning sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan mahallalarning raislari ishtirok etishdi.  

Tashabbuskorligi, mahalla tizimida erishgan yutuqlari evaziga 1-o‘rinni 2-sektor hududidagi Bozorjoy mahallasi raisi Ro‘ziyeva Nurbibi Qodirovna, 2-o‘rinni 1-sektor hududidan Kumushkent mahallasi raisi Axrolov Ulug‘bek Nasimjonovich, 3-o‘rinni 3-sektordan Oytamg‘ali mahallasi raisi Muhammadiyev Zafarxon Mannonovich, 4-o‘rinni 4-sektor hududi bo‘lgan Navro‘z mahallasi raisi Musurmonova Norxol Avalboyevnalar egallashdi.

Shunday qilib, Bozorjoy mahallasi raisi N.Ro‘ziyeva tanlovning viloyat bosqichida tumanimiz nomidan ishtirok etishga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM