Mutasaddi rahbarlar tuman Mudofaa ishlari bo‘limi shart-sharoitlari bilan tanishishdi

Mutasaddi rahbarlar tuman Mudofaa ishlari bo‘limi shart-sharoitlari bilan tanishishdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Salixov, Markaziy harbiy okrug shtab boshlig‘i polkovnik Qahramon Achilov hamda Samarqand viloyat Mudofaa ishlari boshqarma boshlig‘i polkovnik Burxon Quvvatovlar Oqdaryo tumanida bo‘lishib, tuman sektor rahbarlari ishtirokida tuman Mudofaa ishlari bo‘limida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. O‘rganish davomida mutasaddi rahbarlar bo‘lim faoliyati, harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar hamda hujjatlar yuritilishi masalalariga alohida e’tibor qaratib, tuman mas’ullariga muhim tavsiya va topshiriqlar berishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM