Jome masjidlaridagi shart-sharoitlar o‘rganilmoqda

Jome masjidlaridagi shart-sharoitlar o‘rganilmoqda

Muborak Ramazon oyining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Ushbu oyda namozxonlarning taroveh namozlarini ado etishlari uchun jome masjidlarida munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanimizda muayyan ishlar, chora-tadbirlar olib borilmoqda. 
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Bobur mahallasida bo‘lib, mahalladagi Yakkabog‘ jome masjidida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida masjid hududini obodonlashtirish holati, tahoratxonaning sharoitlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga muhim tavsiyalar berildi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM