45-IDUMning qo‘shimcha 140 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi

45-IDUMning qo‘shimcha 140 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bugun 45-IDUMda  2023-yil "Tashabbusli budjet" loyihasining 1-mavsumida g‘olib bo‘lib, 1,2 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qad rostlagan 140 o‘rinli qo‘shimcha yangi maktab binosini foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi. 
Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirok etib, yaratilayotgan ushbu zamonaviy o‘quv binolari o‘quvchi yoshlarning munosib shart-sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin dalili ekanligini ta’kidladi. 
Ishtirokchilar yangi binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM