Tomorqa madaniyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Tomorqa madaniyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi 

Bugun Oqdaryo tumani Oytamg‘ali mahallasida tuman hokimi Sherzod Qudratov, tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Rustam Husanov hamda 3-sektor hududidagi mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida tomorqachilikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanib, daromad manbaiga aylantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminar davomida mahallaning Pilol qishlog‘ida aholi tomorqalarida tashkil etilgan issiqxonalar ko‘zdan kechirilib, "Bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida ish olib borish, aholi tomorqalarida issiqxona yo‘nalishini ko‘paytirish, o‘zini o‘zi band qilish, ishsizlikni kamaytirish, tomorqadan unumli foydalanib, daromad manbaiga aylantirish borasida mas’ullarga muhim tavsiyalar berildi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM