NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIHAYOT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIHAYOT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
___
Bugun navbatdagi sayyor qabulda Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosarlari U.Islamov va Y.O‘roqovalar 3-sektor hududidagi Yangihayot mahallasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok  etishdi.
 Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, moddiy yordam singari masalalar yuzasidan  qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM