Aziz Oqdаryoliklar!

Aziz Oqdаryoliklar! 

Joriy yilning 30-31-mart kunlari Oqdaryo tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ko‘chat ek va  bog‘ yarat" shiori ostida 2 kunlik ko’chat ekish aksiyasi hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha hashar bo‘lib o‘tadi.

Unda har bir fuqaro o‘z xonadoniga, har bir korxona va tashkilotlari o‘ziga tegishli hududga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish va obodonlashtirish ishlarini olib boradi. 

Hurmatli tumandoshlar! Siz ham "Ko‘chat ek va bog‘ yarat" aksiyasida faol ishtirok eting! Sizning bu xayrli ishda faolligingiz hududingizni yashillikka burkashga va kelajakda toza havoda nafas olishiga hissa qo‘shadi. 

Barchangizni aksiya doirasida daraxt ko‘chatlarini ekishga chorlab qolamiz.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM