Yangiobod mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yangiobod mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, hokimning birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov, tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Rustam Husanovlar ishtirokida 1-sektor hududidagi “Yangiobod” MFY mas’ullari, faollar, nuroniy va oqsaqollar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab, mahalla hududida sodir etilgan tan jarohati yetkazish jinoyati hodisasi muhokama etilib, mahallada jinoyatchilikni oldini olish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tuman rahbari mahalla sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan mahalladagi yettilik faoliyati va vazifalari, mas’ullarning faollar, oqsaqollar bilan hamkorlikda ish olib borishi, mahalladagi muammolarni bamaslahat, hamjihatlik bilan hal etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Uchrashuv davomida faol fuqarolarning masala yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM