O‘rganish ishlari davom etmoqda

O‘rganish ishlari davom etmoqda

 Bugun Oqdaryo tuman hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari J.Hamroqulov, tuman hokimining davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Isaxonov hamda Ma’naviyat va ma’rifat Oqdaryo tuman bo‘linmasi rahbari D.Yusupova tomonidan Oqdaryo tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamda Oqdaryo tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi tashkilotining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, ma’naviyat burchaklari, tozalik va obodonlashtirish ishlarining tashkil etilganligi, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi masalalari o‘rganildi.
 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati 
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM