Hindistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda

Hindistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda 

Oqdaryo tumani hokimi Sh.Qudratov hindistonlik tadbirkor bilan uchrashib, ikki tomonlama istiqbolli loyihalar borasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasida muhokama olib bordi. Uchrashuv davomida Oqdaryo tumanida hindistonlik tadbirkor tomonidan zamonaviy tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorga eksport qilish, shuningdek, tumanning logistika salohiyati hamda amaldagi qonunchilik bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida hindistonlik tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq biznes rejalarni ishlab chiqib, qaytib kelish fikrini bildirdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM