#hozir

Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirokida “Tomorqa madaniyati. Oqdaryo tumanida aholi tomorqa uy xo‘jaligidagi imkoniyatlardan unumli foydalanishlari borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etayotgan mazkur matbuot anjumanida  dastlab tuman hokimi tumanda aholi tomorqalarida imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda “Bir mahalla, bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida qisqacha axborot berib o‘tdi. 
Tadbir davomida jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM