Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga press-tur tashkil etildi

Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga press-tur tashkil etildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Charos Ortiqova tashkilotchiligida OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida press-tur uyushtirildi.

Tadbirda "Samarqand" MTRK telekanali, “Zarafshon”, “Самаркандский вестник”, “Ovozi Samarqand”, “Oqdaryo ovozi” gazetalari vakillari ishtirok etdi.

Press-tur avvalida OAV xodimlariga tibbiyot birlashmasining faoliyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, davolash jarayoniga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng mehmonlar qabul bo‘limi, reanimatsiya, terapiya, nevrologiya, bolalar bo‘limi va markaziy poliklinikasida bo‘lib, bemorlar va shifokorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shifokorlar va davolanuvchilar bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM