Go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi

Go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov, viloyat hokimi o‘rinbosari Xusаn To‘xtayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari, oilaviy shifokorlar, patronaj va doya hamshiralar ishtirokida  tumanda sodir bo‘lgan go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi.
Muhokama davomida tibbiyot xodimlarining qo‘ygan tashxislari va go‘daklar o‘lim sabablari, mas’ullarning harakati yoxud harakatsizligi masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM