Amir Temur ko‘chasini qurilish-ta’mirlash ishlari masalasida muhim topshiriqlar berildi

Amir Temur ko‘chasini qurilish-ta’mirlash ishlari masalasida muhim topshiriqlar berildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov yo‘l qurilishi sohasi korxona rahbarlari bilan uchrashib, Loyish shaharchasining markaziy Amir Temur ko‘chasi infratuzilmasini yaxshilash, qurilish ishlarini tezkor davom ettirish masalalarini muhokama qildi. Muhokama davomida yo‘l chetiga ekilgan manzarali daraxtlarni parvarish qilish, sug‘orish tizimini mustahkamlash, yo‘l chetidagi bo‘sh yerlarni obodonlashtirib, gullar ekish, lotoklarda suv to‘planishini oldini olish, yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlarini izchil davom ettirish kabi masalalarda fikr-mulohazalar bildirilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM